Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIR HUDUDDAN TO’RT XABAR

×

 2023-03-24 15:03:42    59

PDF yuklash
Chop etish


Bir hududdan to’rt xabar

        Ayni kunda tumanimizning birinchi sektoridagi mahallalarda Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tul mahalla fuqarolar yig’inidagi “Yoshlik” ko’chasi, Sohibkor mahallasidagi ichki ko’chalarda betonlashtirish ishlari amalga oshirilayotir.

        Qarorga muvofiq, Tul mahallasidagi ichki ko’chalarning betonlashtirish ishlariga 1 milliard 311 million 900 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan. Beton qoplamasi yotqiziladigan ichki yo’llarning umumiy uzunligi 2 100 metrni tashkil etadi.

        Sohibkor mahallasining ichki ko’chalarini ta'mirlash uchun jami 1 milliard 554 million 700 ming so’m mablag’ ajratilgan. Betonlashtirish ishlari tuman quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

        Mazkur hududning Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini aholisi ham bahorga peshvoz chiqish maqsadida hashar tashkil etdilar. Mahalla arig’ini tozalash uchun tashkil etilgan hasharda barcha mahalla aholisi faollik bilan ishtirok etdi.

        G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan ziyoratgohda Navro’z sayli tashkil etildi. Bayramga taklif etilgan qo’shni Qirg’iziston vakillari bilan bayram tantanalari fayzli o’tdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram