Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI O’ZBEKISTON-HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT

×

 2023-03-24 10:03:50    273

PDF yuklash
Chop etish


YaNGI O’ZBEKISTON-huquqiy demokratik davlat

 

Xalqimiz konstitutsiyaviy islohotlardan katta o’zgarishlar kutmoqda. Loyiha bo’yicha o’tkazilgan umumxalq muhokamasi jarayonida aholidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi ham fuqarolarimiz ushbu masalaga juda katta qiziqish va e'tibor bilan yondashganligidan yaqqol dalolat beradi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ustida ishlashda senatorlarimiz ham faol ishtirok etdilar. Xususan, 19 nafar senatorlarimiz Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ustidagi ishlarda bevosita qatnashdilar.

Xabaringiz bor, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasida, yetuk olimlar, jamoatchilik, xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokidagi muhokamalarda har tomonlama tahlil qilindi va maromiga yetkazildi.

Xususan, loyihani tayyorlashda va takomillashtirishda 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar, 190 ga yaqin mamlakatlar konstitutsiyalari puxta o’rganildi, xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida bir necha bor muhokama qilindi, shuningdek, respublikaning turli hududlarida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida jami 20 mingga yaqin muhokamalar tashkil etildi.

Loyiha 10 ga yaqin xorijiy va xalqaro ekspertizalardan, shu jumladan, lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korruptsiyaga qarshi, jamoatchilik hamda inson huquqlari bo’yicha normalarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizalardan o’tkazildi. Xalqaro ekspertlar ham loyiha xalqaro huquqning umume'tirof etilgan barcha qoidalarini o’zida mujassam etganligini e'tirof etdilar.

Joriy yil 10 - martida Qonunchilik palatasi majlisi o’tkazilib, unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo’yicha referendumni tayinlash va uni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Shu o’rinda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati va eng asosiy, muhim jihatlariga qisqacha to’xtalib o’tsam.

Loyihada mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolatlar o’z ifodasini topmoqda. O’zbekiston “huquqiy davlat” degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlanmoqda.

Bu barchaning qonun oldida tengligini va qonundan xech kim ustun emasligini ta'minlash, sudlar tomonidan adolatli qarorlar qabul qilish, umuman olganda davlat organlarining xalqqa xizmat qilishi uchun mustahkam poydevor bo’ladi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o’zgartirish, ya'ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo’yishni maqsad qilgan.

Xususan, unda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilanmoqda va shu munosabat bilan inson huquqlari kafolatlari jiddiy ravishda kuchaytirilmoqda.

Loyihaga asosan insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo’lishi mumkin emas. Insonnning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlar, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilab beradi.

Inson va davlat organlari o’rtasidagi yuzaga kelgan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta'sir choralari maqsadga erishish uchun etarli va mutanosib bo’lishi kerakligi belgilanmoqda. Bu normalar huquqni qo’llash faoliyatida inson manfaatlari ustuvor bo’lishini amalda ta'minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, har bir inson o’z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga egaligi, qonunchilikda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi, O’zbekiston fuqarosi mamlakatdan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Jinoyat protsessida inson huquqlari kafolati eng ilg’or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilmoqda. Xususan, shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi, (“Xabeas korpus” instituti) hamda shaxsni ushlab turish chog’ida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerakligi (“Miranda qoidalari”) belgilanmoqda.

Ushbu huquqiy kafolatlar inson huquqlarini muhofazasini kuchaytirish sohasidagi ishlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi hamda ularni davlat organlarining suiste'molliklaridan ishonchli himoya qiladi, shaxsiy erkinlik daxlsizligini va insonlarni noqonuniy hibsga olishga yo’l qo’ymaslikni kafolatlaydi.

 

Sh.Abdullayev - fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram