Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYA INSON MANFAATI HAR NARSADAN USTUNLIGI KAFOLATI

×

 2023-03-23 16:19:33    138

PDF yuklash
Chop etish


Yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson manfaati har narsadan ustunligi kafolati

 

O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida o’z aksini topgan xalqparvar davlatni barpo etish yo’lidagi muhim vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalambor yangi konstitutsiyaviy makon kerakligini barchamiz tushunib turibmiz. Bosh Qomusimiz bugungi real voqelikka mos bo’lsagina, u shiddat bilan olib borilayotgan islohotlarimizning huquqiy asosi bo’lib xizmat qila oladi.

Aynan shuning uchun ham yurtimizda Konstitutsiyaviy islohotlar olib borilyapti.

Loyihada mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolatlar o’z ifodasini topmoqda. O’zbekiston “huquqiy davlat” degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlanmoqda.

Bu barchaning qonun oldida tengligini va qonundan hech kim ustun emasligini ta'minlash, sudlar tomonidan adolatli qarorlar qabul qilish, umuman olganda davlat organlarining xalqqa xizmat qilishi uchun mustahkam poydevor bo’ladi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o’zgartirish, ya'ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo’yishni maqsad qilgan.

Xususan, unda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilanmoqda va shu munosabat bilan inson huquqlari kafolatlari jiddiy ravishda kuchaytirilmoqda.

Loyihaga asosan insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo’lishi mumkin emas. Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlar, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilab beradi.

Inson va davlat organlari o’rtasidagi yuzaga kelgan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta'sir choralari maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib bo’lishi kerakligi belgilanmoqda. Bu normalar huquqni qo’llash faoliyatida inson manfaatlari ustuvor bo’lishini amalda ta'minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, har bir inson o’z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga egaligi, qonunchilikda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi, O’zbekiston fuqarosi mamlakatdan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emasligi, O’zbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekanligi hamda ushbu qoidalarni o’zgartirish mumkin emasligi belgilanmoqda.

Bugungi kunda tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyamizning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko’paymoqda, ya'ni Konstitutsiyamiz qariyb 65 foizga yangilanmoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga kontseptual o’zgartirishlar kiritilmoqda. Natijada Konstitutsiyamiz ham mazmunan, ham shaklan mutlaqo yangilanmoqda.

Barchamizga ma'lumki, agar amaldagi qonun hujjati matnini sezilarli o’zgartirish talab etilsa, uni yangi tahrirda bayon etish zarur. Shu boisdan hamda kiritilayotgan o’zgartish va qo’shimchalarning siyosiy-huquqiy ahamiyati va ko’lamidan kelib chiqib, ko’rib chiqilayotgan loyihada Konstitutsiyani yangi tahrirda bayon etish uchun barcha asoslar yetarli. Shuning uchun ham loyihaning nomini Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida emas, balki “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni deb atash taklif etilmoqda.

 

Bahtiyor Prapiyev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi devonxona mudiri


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram