Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"HAR KUNING NAVRO’Z BO’LSIN, JONAJON O’ZBEKISTONIM!"

×

 2023-03-22 11:45:38    52

PDF yuklash
Chop etish


"Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim!"

Qal'a mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan bayram tadbirida mahalla faollari, korxona-tashkilot rahbarlari, nuroniy otaxonlar, yoshlar ishtirok etdilar. “Sohil” dam olish maskanida tashkil etilgan tadbir fayzli o’tdi.

Mahalla yoshlar yetakchisi Ilhomjon Mulloyevning so’zlariga ko’ra, tadbir davomida mahallada joylashgan 2-sonli IDUM o’quvchilarining Navro’z bayramiga bag’ishlagan chiqishlari dillarga yanada quvonch ulashdi. Tadbir davomida mahalla obodligi uchun sa'y-harakatda bo’lgan fidoiylar, mahalla ishlarida fa'ol ishtirok etayotgan hamda o’zining hissasini qushib kelayotgan bir guruh korxona, tashkilotlar ishchi-xodimlari va fuqarolar mahalla mutasaddilari tomonidan taqdirlandilar.

Barcha namuna ko’rsatgan fuqarolarga tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondining sovg’alari taqdim etildi. Osh damlanib, tadbir ishtirokchilarga ulashildi va bir piyola choy ustidagi ziyofat dasturxonida nuroniy otaxonlar Qur'oni karimdan oyatlar tilovat qilib xalqimiz va Vatanimiz tinchligiga duolar qilishdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram