Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI HOKIMINING TABRIGI

×

 2023-03-22 11:39:42    52

PDF yuklash
Chop etish


22 mart — mahalla tizimi xodimlari kuni

SO’X TUMANI HOKIMINING TABRIGI

        Hurmatli mahalla tizimi xodimlari!

        Avvalo, Siz azizlarni mamlakatimiz buylab o’tkazilayotgan tarixiy bayram — "22 mart — maxalla tizimi xodimlari kuni" hamda yurtimizga o’zining betakror go’zalligi bilan kirib kelgan bahor ayyomlaridan biri — Navro’z bayrami bilan samimiy tabriklayman.

        Bizning ilk hayotiy tasavvurlarimiz oiladan, mahalladan boshlanadi. Mahallada ongu shuurimiz, dunyoqarashimiz, e'tiqod va tafakkurimiz shakllanadi. Undagi har bir oila, qo’ni-qo’shnilarimiz misolida yurt tuprog’ining muqaddasligini, ota va onamizdek aziz bo’lib qolgan mahalladoshlarimizning issiq mehri va qaynoq qalbini his qilamiz, doimo ularga intilamiz.

        Mo’htaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan jamiyatimizning betakror ijtimoiy tuzilmasi hisoblanadigan mahalla institutini aolining chinakam maslakdoshi va ko’makdoshiga aylantirish, uning roli va ahamiyatini oshirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar tizim rivojiga asosiy omil bӯlib xizmat qilmoqda.

        O’z yelkasiga farzandlarimiz tarbiyasida nuroniylarimizning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanishimiz zarurligi, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, jamiyat va oilada sog’lom va barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhit, totuvlik va osoyishtalikni ta'minlash, mahalla institutining boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini yulga qo’yish kabi o’ta zarur vazifalarni olgan bu tuzilma ishonamizki, xalqimiz ishonchini, albatta, oqlaydi.

        Zimmangizdagi vazifalarni halol va vijdonan bajarib, Sizga bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor kuch hamda imkoniyatingizni safarbar etishingizga ishonaman.

        Fursatdan foydalanib, tumanimizdagi barcha mahalla tizimi xodimlarini "22 mart — mahalla tizimi xodimlari kuni" bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklayman. Yurtdoshlarimiz hayotining farovonligi yulidagi faoliyatingizda omad, oilalaringizga doimo tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilayman.

        Kasbiy bayramingiz muborak bo’lsin!

                  Sayidbahrom Sayidmusayev – So’x tumani hokimi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram