Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAR KUNING NAVRO’Z BO’LSIN, JONAJON O’ZBEKISTONIM!

×

 2023-03-19 17:37:14    130

PDF yuklash
Chop etish


Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim!

        Bugun So’x tumanining markaziy o’yingohida Navro’z umumxalq bayramiga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. «Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim!» g’oyasi ostida bo’lib o’tgan bayram tadbiriga nuroniy otaxon va onaxonlar, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lgan xotin-qizlar, mehnat faxriylari, mahalla faollari, yoshlar taklif qilindi.

        Qo’shni Qirg’iziston Respublikasi Batken va Qadamjoy tumanlaridan tashrif buyurgan mehmonlarni tuman hokimi va boshqa rasmiy vakillar kutib oldilar. Tuman maktabgacha ta'lim bo’limi xodimlari tomonidan tayyorlangan bahoriy taom – sumalak, ko’k somsalar, chalpak, pishiriqlardan bahramand bo’lgan mehmonlar mahallalar mutasaddilari tayyorlangan bayram ziyofatidan ham benasib qolishmadi.  

        Mayin bahoriy navo bilan boshlangan bayram tadbiri katta tantanaga aylanib ketdi. Barcha So’xliklarni Navro’z bayrami bilan tabriklab, tuman xokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha ishtirokchilarga o’zining samimiy tilaklarini bildirdi.

        Navro’z mehr-oqibat, do’stlik rishtalarini mustahkam bog’lovchi azaliy qadriyat sanaladi. Navro’z bayramida ishtirok etgan Qirg’iziston Respublikasi vakillari ham o’z so’zlarida ikki davlat rahbarlarining oqilona siyosati tufayli tobora mustahkamlanib borayotgan do’stlik rishtalari haqida gapirishdi. Do’stlik ramzi sifatida esdalik sovg’alari ulashildi.

        Darhaqiqat, bugun qo’shni Respublikalar o’rtasida yanada mustahkamlanib borayotgan do’stlik rishtalari strategik hamkorlik va iqtisodiy rivojlanishga ham o’zining ijobiy ta'sirini ko’rsatadi. O’zaro do’stlik va hamjihatlik bayram sahnasida ham ikki qardosh xalqning o’yin-kulgu va raqslarida namoyon bo’ldi.             

        Bayram tabrigidan so’ng ishtirokchilarga tuman madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan bayramona kontsert dasturi namoyish etildi. San'at g’unchalari va So’xlik san'atkorlar o’z qo’shiqlari bilan tomoshabinlar kayfiyatiga ko’tarinkilik bag’ishladi.

        Bayram tadbirida ishtirok etgan bolajonlar, tumandagi harbiy qismlar askar va zobitlari, ularning oila a'zolari ham bayram shukuhidan bahramand bo’ldilar. Bayram sahnasida ijro etilgan har bir qo’shiq va ayniqsa, tuman folklor jamoasining bayramona tayyorlangan kompozitsion dasturi barchani raqs tushish va xursandchilik qilishga chorladi.

        Yosh musavvirlar va kashtachilarning mahorati ham sahna uzra barcha ishtirokchilarga jonli ravishda namoyish etildi. Dorbozlar tomonidan ham tadbir ishtirokchilarga turli tomoshalar ko’rsatildi va bu ishtirokchilarga ko’tarinkilik hadya etdi.

        Darhaqiqat, Navro’z yangilanish, yosharish bayramidir va yurtimizga kelgan bahor va milliy bayramimiz Navro’zi olam barchani obodlik sari, ozodalik sari intilishga chorlaydi. Iloyim, mana shunday xursandchilik kunlarimiz boqiy, istiqlolimiz abadiy va xalqimizning tinchligi hamda totuvligi har doim barqaror bo’lsin.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram