TUMAN MUDOFAA ISHLARI BO’LIMI XODIMLARI HAM BU XAYRLI ISHGA BEL BOG’LAB, TASHABBUS KO’RSATISHDI

2023-03-18 18:36:40 223

Tuman mudofaa ishlari bo’limi xodimlari ham bu xayrli ishga bel bog’lab, tashabbus ko’rsatishdi
Bugun butun Respublikamiz bo’ylab obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o’tkazildi. Jumladan, tuman mudofaa ishlari bo’limi xodimlari ham bu xayrli ishga bel bog’lab, tashabbus ko’rsatishdi. Mazkur muassasada ham ushbu xayriya tadbiri ko’tarinkilik bilan tashkil etildi. O’tkazilgan xayriya hashariga barcha xodimlar ixtiyoriy ravishda jalb etildi.
Tadbir davomida mevali va manzarali daraxtlar o’tqazilib, gul ko’chatlari ekildi, bino devorlari oqlandi, muassasa sahni va yo’laklar supirib tozalandi. Yo’laklar cheti oqlandi, hududidagi ariqlar qazib tozalandi. - Qish mavsumidan qolgan chiqindilar va hashar davomida chiqqan axlat uyumlari to’planib maxsus joylarga tashlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram