Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLASIDA NAVRO’Z TANTANALARI XALQ SAYLI SIFATIDA O’TKAZILDI

×

 2023-03-17 18:04:15    71

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkor mahallasida Navro’z tantanalari xalq sayli sifatida o’tkazildi

Bugun tumanimizning Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida Navro’z bayramiga bag’ishlab bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Xalq sayli sifatida tashkil etiilgan tadbirda mahallaning barcha aholisi ishtirok etdi.

Bayram ishtirokchilariga mahalla ayollari tomonidan pishirilgan bahoriy taom – sumalak ulashildi. Tadbirda ishtirok etgan mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvtalash bo’limi boshlig’i Abdushukur Turaboyev barcha mahalla ahlini Navro’z bayrami bilan tabrikladi.

Yoshlar ishtirokida tashkil etilgan sport musobaqalari, ayniqsa, milliy kurash o’zining jozibasi bilan barcha tadbir ishtirokchilarini o’ziga jalb etdi. Kurash maydoniga chiqgan yosh sportchilar o’z mahoratini namoyish etishdi.

Tadbir san'atkaorlar va san'at g’unchalarining chiqishlari va ko’y-qo’shiqlari bilan yanada fayzli o’tdi. Navro’z bayramini keng nishonlash va bayramona kayfiyat bag’ishlab yuqori saviyada o’tkazishga qaratilgan ma'naviy-marifiy tadbirlar reja asosida o’tkazilib kelinmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram