Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALAR OBODLIGI VA TOZALIGI YO’LIDA HASHARLAR TASHKIL ETILMOQDA

×

 2023-03-16 18:22:09    93

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalar obodligi va tozaligi yo’lida hasharlar tashkil etilmoqda

Ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan, azaliy meros sifatida ajdodlardan avlodlarga ulashib kelinayotgan qadriyatlar borki, insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ahil-inoq bo’lib umrguzaronlik qilishga undaydi. Bunday udum va an'analar xalqimizning birdamligi va hamjihatligidan nishona.

Hashar mana shunday milliy an'analarimizning biridir. “Hashar elga yarashar” degan naql bor xalqimizda.

Bahor fasli kelishi bilan yurt obodligi va ozodaligi maqsadida hasharlar tashkil etiladi. Hashar va xalqimizning birdamligi orqali ko’p muammo va kamchiliklar hal etilgan.

Yangiariq va Oftobru mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiladigan aholi ham har yili mahalla arig’ini tozalash maqsadida hasharlar tashkil etishadi. Hasharga chiqib, unda ishtirok etish yangiariqliklar va oftobruliklar uchun an'anaga aylanib ulgurgan. Har yili uzunligi salkam 15 kilometr bo’lgan mahalla arig’i mana shunday ahillik va birdamlikda tozalanadi.

Bugun ham mahallalar ahli faollik bilan hasharda ishtirok etdilar. Bu ariqning suvidan ham aholi, ham “So’x” shirkat xo’jaligi ijarachilari va fermerlar iste'mol qilishadi, bu ariqning suvidan minglab gektar yer maydonlari sug’oriladi.

Darhaqiqat, mana shunday udum va an'analar borki, halqimizni yanada biri-biriga yaqinlashtirib, ular orasida mehr-oqibatni yanada mustahkamlaydi. Bugun erta ariqni tozalash ishlari oxiriga yetkazilib, ushbu hudud aholisi obi hayot ne'matidan bahramand bo’ladilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram