SO’X TUMANINING MULGON MAHALLASIDA HAM ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLAB YUBORILDI
2023-03-15 18:56:56 139
So’x tumanining Mulgon mahallasida ham asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborildi
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 oktyabrda qabul qilingan 408-sonli qarori mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, mazkur qaror asosida tumanimizda ham keng ko’lamli ishlarning amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur qarorga asosan bugun Mulgon mahalla fuqarolar yig’inida ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur mahallaning ichki ko’chalariga qaror asosida asfalt qoplamasi yotqiziladi. Ta'mirlash ishlari “Farg’ona yo’l qurilishi” korxonasi xodimlari zimmasiga yuklatilgan bo’lib, yo’lsozlar mahalla yo’llarini ta'mirlashda astoydil mehnat qilishayotir.
Ayni kunda mahallaning “Sportchilar” ko’chasiga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda. Asfaltlashtiriladigan yo’llarning umumiy uzunligi Mulgon mahallasida 3 kilometrni tashkil etadi va ushbu maqsadga 800 million so’mdan ortiq mablag’ ajratilgan.
Shuni aytish kerakki, tumanimiz aholisi bu o’zgarishlar va yangilanishlardan juda xursand. Nuroniylar duoga qo’l ochib, shukronalik bildirishsa, mahalla yoshlari mahallaning yangi siymosiga ishtiyoq bilan qarashadi.
Ayni kunlarda Mulgon mahallasining qolgan ko’chalarida shag’allashtirish ishlari olib borilmoqda, bu ko’chalarni ham yo’lsozlar asfaltlashtirishga tayyorlamoqda. Davlatimiz rahbarining 408-sonli qaroriga muvofiq, tumanimiz hududidagi yo’llarni ta'mirlash, aholining elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minotiga oid muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududlarni rivojlantirishga qariyb 19 milliard so’m mablag’ yo’naltiriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram