Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-03-15 18:54:42    113

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi

        Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq oltmish sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

        Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:

        1. Tumanda aholi tomonidan iste'mol qiladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorligini ta'minlash, mahsulotlarni yetishtirishdan iste'molchiga yetib borishigacha bo’lgan jarayonni barcha bo’g’inlarida narxlarni oshishini oldini olish evaziga aholining xarid qobiliyatini saqlab qolish to’g’risida.

        2. Xalq deputatlari So’x tuman Kengashi “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo’yicha” doimiy komissiyasining 2023 yil 6-martdagi yig’ilish bayoni to’g’risida.

        Sessiyaga qo’yilgan ushbu masalalarga oid axborotlar tinglandi va bu bo’yicha deputatlar o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

        Sesiya kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ma'ro’za qildi va o’z so’zida tumanda masala bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'ulmot berdi.

        Deputatlarga ikkinni masala yuzasidan Xalq deputatlari                        So’x tuman Kengashi “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo’yicha” doimiy komissiyasini a'zosi Suhrobjon Qoziyev so’zga chiqdi va masala bo’ycha batafsil ma'lumot berdi.

        Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram