SO’XLIK MARD O’G’LONLAR VATAN XIZMATIGA YO’L OLDILAR
2023-03-14 18:15:55 129
So’xlik mard o’g’lonlar vatan xizmatiga yo’l oldilar
Vatan himoyasi muqaddas burchdir. Bu zaminda yashayotgan har bir inson borki Vatan himoyasi va uni qo’riqlashga mas'ul hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida hizmat qilayotgan har bir yosh va jasur o’g’lonlarimiz Vatan sarhadlarining himoyachilari, uning butligi va yaxlitligiga mas'ul farzandlardir. Aslida armiya safida xizmat qilishni orzu qilmaydigan o’g’lon bo’lmasa kerak.
Tuman mudofaa ishlari bo’limi boshlig’ining ma'lumotiga ko’ra, ayni kunda tumanimizda yoshlarimizni muddatli harbiy xizmatga safarbar etish ishlari olib borilmoqda. Quvonarlisi, yoshlar orasida harbiy xizmatga ishtiyoqi balandlar ham bor.
Tuman mudofaa ishlari mutasaddilarining bildirishicha, bugun navbatdagi yoshlarni muddatli harbiy xizmatga safarbar etish bo’yicha tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Vatan himoyasi mana shunday yoshlar va jasur o’g’lonlar qo’lida ekanligi ta'kidlandi va 11 nafar yosh Vatan himoyachilari muddatli harbiy xizmatni o’tash uchun harbiy qismlarga yuborildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram