Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOBOD MAHALLASIDAGI YO’L VA SUV MUAMMOSI BARTARAF ETILMOQDA

×

 2023-03-14 18:14:19    60

PDF yuklash
Chop etish


Navobod mahallasidagi yo’l va suv muammosi bartaraf etilmoqda

Suv hayot manbai, suvsiz hayotni tasavvur etib bo’lmaydi. Tumanimizning aksariyat qismida aholi ayni suv tanqisiligidan aziyat chekishi hech kimga sir emas. Navobod mahalla fuqarolar yig’inida ham suv muammosi aholini qiynab kelmoqda. – Ayollarimiz asosan suvni mahallaning boshqa chekkkasidan, ko’p yo’l bosib, uylariga tashaydilar. Berilayotgan e'tibor tufayli bu muammo ham bartaraf etilishini bilganimizdan juda xursand bo’lib ketdik, - deydi mahallada yashovchi Mullojon Fayziddinov.

Aytish lozimki, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida har bir hududda o’rganish ishlari olib borilib, eng dolzarb muammolarni hal etish choralari ko’rilmoqda. Prezidentimizning 408-sonli qarori xalqimizni qiynayotgan muammolarni bartaraf etilishida hayotiy qaror ekanligi bugun amaliy ishlar orqali o’z isbotini topmoqda.

Bugun Navobod mahalla fuqarolar yig’inida tuman prokurori, 2-sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov ishtirokida mahalla faollari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil yakuniga qadar Navobod mahallasidagi jami uzunligi 3.5 kilometr bo’lgan ko’chalarni asfaltlash uchun davlat byudjetidan 2 milliard 100 million so’m mablag ajratilgani haqida tuman prokurori mahalla ahliga ma'lumot berdi.

Ancha yillardan buyon mahallada suv havzasi yo’qligi sabab mahalla aholisi boshqa hududlardan suv olib kelgan. Ayni damda mahalla raisi Zayliddin Gadoyboyev tashabbusi bilan homiylarni jalb etgan holda zamonaviy suv havzasi qurildi va yaqinda foydalanishga topshiriladi.

Bugun mahallada “Yangi avlod” MChJ ishchilari ham amaliy ishlar bilan band. Mahalladagi suv ta'minotini yaxshilash maqsadida ishlar boshlab yuborildi. Ma'lumotlarga ko’ra, ichimlik suvi tarmog’i har bir xonadonga kiritiladi. Bu albatta, navobodliklarning azaliy orzusi edi va berilayotgan e'tibor tufayli bugun orzular ro’yobga chiqarilmoqda.

Ma'lumot uchun: Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida Navobod mahallasidagi 3,5 kilometr masofadagi ichki yullar asfaltlashtiriladi. Asfalt qilinadigan ko’chalar – “Shifokor - 2” ko’chasi 800 metr, “Xirmonteppa” ko’chasi 600 metr, “Deputat” ko’chasi 200 metr, “Iqbol” ko’chasi 350 metr, “Navobod” ko’chasi 350 metr, “Ahil” ko’chasi 300 metr, “Oftob ko’chasi 350 metr, “Malbut” ko’chasi 550 metr.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram