YOSH TADBIRKORGA YOSHLAR YETAKCHISI TAVSIYASI BILAN BANK KREDITI BERILDI
2023-03-13 19:14:09 126
Yosh tadbirkorga yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan bank krediti berildi
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, bugun yoshlarimiz hayotda o’z o’rinlarini topishga erishmoqdalar. Bugun yoshlar yetakchisi tomonidan berilayotgan tavsiya asosida hududdagi yoshlar tadbirkorlikka yo’naltirilayotir.
Tul mahalla fuqarolar yig’ini, “Temirchi” ko’chasida yashovchi Abdulloxon Obidxonov mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlardan. Bo’layotgan o’zgarishlardan xabardor bo’lgan Abdulloxon mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisiga issiqxona qurishda amaliy yordam so’rab murojaat qilgan.
Mahalla yoshlar yetakchisi Bahramali Haydarovning ma'lumotiga ko’ra, Abdulloxon Obidxonovga yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida tuman “Agrobank”idan “Har bir oila tadbirkor” loyihasi bo’yicha 14 foizli kredit ajratib berildi. Olingan 13 million so’m bank krediti evaziga yosh tadbirkor o’z uyida issiqxona barpo etishga erishdi.
- Xatlov jarayonida shu ma'lum bo’ldiki, yosh tadbirkorimiz berilgan kreditdan maqsadli foydalanmoqda. Yaqin kunlarda yosh tadbirkorimiz mehnati o’z samarasini berishiga astoydil ishonamiz, - deydi Bahramali Haydarov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram