Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAYROQ MASSIVIDA KENG KO’LAMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

×

 2023-03-13 19:09:12    72

PDF yuklash
Chop etish



Qayroq massivida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda

Qayroq massivi tumanimizning tog’oldi hududlardan hisoblanadi. Lazar tog’i cho’qqisidan hali qor ketmagan, birov Qayroq kengliklarida yerlarni yangi, birinchi mavsumga tayyorlash ishlari olib borilyapti.

Ayni kunda dastlabki ishlar maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilyapti. Farg’ona viloyati hokimi tashabbusi va amaliy ko’magi tufayli tumanga safarbar etilgan 11 ta (texnikalar ichida lazerli yer tekislagich ham bor) maxsus texnika Qayroq massiviga yetkazib berildi.

Qayroq massividagi yerlar unumdorligi bilan ham ajralib turadi. Buni mazkur suratlardan ko’rib ham bilib olishimngiz mumkin – havasingiz kelishi aniq.

Tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning bildirishicha, bugungi kunda Qayroq massivida birinchi bosqichda 200 gektar yer maydoni tanlab olinib, malina plantatsiyasi tashkil etish bo’yicha ishlar boshlab yuborilgan. Qayroq massividagi loyihalar to’liq amalga oshirilgandan so’ng tayyorlangan yerlar 2000 nafarga yaqin oilalarga bo’linib berilib, bandligi ta'minlanadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram