Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA IKKI KUNLIK HASHAR TASHKIL ETILDI

×

 2023-03-13 19:03:43    55

PDF yuklash
Chop etish


So’x mahalla fuqarolar yig’inida ikki kunlik hashar tashkil etildi

Barchamizga ma'lumki, 4-sektor hududidagi So’x mahalla fuqarolar yig’inida saxovatpesha homiylar ko’magi va tashabbusi bilan mahalladagi Hoja Abulqosim jome masjidida rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur muqaddas makon hududini obodonlashtirish maqsadida tashkil etilgan hasharda ham mahalla ahli uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar.

Mahalladan tuman Kengashiga saylangan deputat Rasuljon Mirsaidovning bildirishicha, mazkur hasharda 150 nafardan ortiq aholi ishtirok etdilar. Qabriston hududini tozalash ishlari olib borilib, daraxtlar oqlandi hamda 50 to’p manzarali daraxt ekildi.

Mazkur xayrli amallarga ikki dona texnika ham jalb etildi. Hasharchilar tomonidan tozalash ishlaridan tashqari qabriston atrofiga eshiklar o’rnatildi.

Shuningdek, mahallaning arig’ini tozalash maqsadida tashkil etilgan hasharda ham salkam 200 nafar aholi qatnashdi. So’x muhalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tuvchi “Obishirsoy” arig’ining 1,5 kilometr uzunlikdagi masofasi hasharchilar tomonidan tozalandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram