Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAYOT YO’LIDA ADASHGAN FUQAROLAR HAR DOIM E'TIBOR MARKAZIDA

×

 2023-03-11 16:33:03    141

PDF yuklash
Chop etish


Hayot yo’lida adashgan fuqarolar har doim e'tibor markazida

Tumanimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ayniqsa, hayot yo’lida adashgan ayollarga bo’lgan e'tibor ularni to’g’ri yo’lga solishga xizmat qilmoqda. Bu yo’nalishda tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi tomonidan e'tirof e'tishga loyiq ishlar qilinyapti.

Hayotida yuzaga kelgan tushunmovchilik tufayli Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Matluba Tojiboyeva iki yarim yil umrini panjara ortida o’tkazdi. Jazoni o’tash muassasasidan ikki yarim yil oldin ozodlikka chiqgan Matluba Tojiboyevga tuman hokimligi ijtimoiy ko’nikma markazi tomonidan amaliy ko’mak ko’rsatildi.

- Bunday fuqarolarimizga nisbatan har doim e'tibor berishimiz kerak. Berilayotgan moddiy va ma'naviy ko’mak, ularning bandligini ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlar albatta ularni normal hayotga qaytarilishiga sabab bo’ladi, - deydi tuman hokimligi ijtimoiy ko’nikma markazi rahbari Nishonali Ibragimov.

Ushbu fuqaroga murojaatidan so’ng tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev, tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova va So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonovalar  ishtirokida uning sharoiti har tomonlama o’rganildi. Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi komissiyasi tomonidan eng kam oylik ish haqining

5 barobari, ya'ni bir million beshyuz ming so’m miqdorida moddiy yordam mablag’i berildi.

  

Tojiboyeva Matluba Rustamzodani bandligini ta'minlash maqsadida tuman bandlikka ko’maklashish markaziga yo’llanma berildi hamda ishga joylashtirish choralari ko’rilmoqda. So’x tumani Hushyor mahalla fuqarolar yig’ini hay'at yig’ilishi qaroriga asosan Tojiboyeva Matluba Rustamzodani qayta jinoyat sodir etmasligi uchun mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli, 50-sonli QOP patronaj hamshirasi va mazkur hudud profilaktika inspektori tarbiyachi-murabbiy etib tayinlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram