Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OFTOBRU MAHALLASIDAGI DOLZARB MUAMMO ISHCHI GURUH TOMONIDAN HAL ETILDI

×

 2023-03-11 16:28:54    61

PDF yuklash
Chop etish


Oftobru mahallasidagi dolzarb muammo ishchi guruh tomonidan hal etildi

Oftobru mahalla fuqarolar yig’ini tumanmiizning hudud bo’yicha katta mahalallardan biri hisoblanadi. Yangi mahallaligi bois, o’ziga xos muammo va kamchiliklari ham bor.

Mahalla raisi Abrorjon Zunnunovning so’zlariga ko’ra, mahalladagi muammo va kamchiliklar bosqichma bosqich hal etilayotir. Va bu albatta, oftobruliklarni bo’layotgan islohotlardan rozi qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Mahalla hududida 2022 yili keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash ishlari olib borildi. Yangi oilaviy shifokorlik punkti va umumiy o’rta ta'lim maktabi qurilishi mazkur mahalla aholisiga katta sovg’a bo’ldi.

- Mahallamizdagi eng asosiy va dolzarb muammo bu mahalla hududida qabriston yo’qiligi hisoblanadi. Bu bo’yicha tuman hokimligiga murojaat etdik, - deydi mahalla raisi biz bilan suhbatda.

Bugun mahallada tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev boshchiligida bo’lgan ishchi guruh aynan ushbu masalani yechish bo’yicha amaliy ishlarni olib bordilar. Mahalla hududidagi qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan salkam 5 gektar yer maydonida qabriston barpo etiladigan bo’ldi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram