GULISTON MAHALLASI HUDUDIDAGI 202 DONA ESKI SIMYOG’OCHLAR YANGI TEMIR-BETON TAYANCHLARGA ALMASHTIRILMOQDA
2023-03-11 16:17:27 126
Guliston mahallasi hududidagi 202 dona eski simyog’ochlar yangi temir-beton tayanchlarga almashtirilmoqda
Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha Prezidentimizning qabul qilgan 408-sonli qarori barcha hududlarda ulkan obodonlashtirish ishlarini amalga oshirilishiga omil bo’layotir. So’x tumanida ham ushbu qaror asosida olib borilayotgan ishlar e'tirofga loyiqdir.
4-sektor hududidagi Guliston mahalla fuqarolar yig’inida mazkur qaror asosida elektr energiyasi ta'minotidagi muammolar bugun bartaraf etilmoqda. Mahalla hududidagi ichki ko’chalarda bo’lgan eski simyog’ochlar o’rnini zamonaviy temir-beton tayanchlar egallamoqda.
O’rnatilgan yangi tarmoqlarga SIP-kabellar tortish ishlari olib borilyapti. Amalga oshirilayotgan ishlar mahallaning ichki ko’chalarida yashayotgan fuqarolar xursandchiligiga sabab bo’lmoqda.
Ma'lumot uchun: 408-sonli qaror asosida mahallaning “Sayl” ko’chasiga 1 kilometr, “Navbahor” ko’chasiga 1,8 kilometr, “Humo” ko’chasiga 800 metr, “Ehtirom” ko’chasiga 1,8 kilometr, “Buzurgon” ko’chasiga 200 metr va “Soylik” ko’chasiga 1 kilometr uzunlikdagi masofaga temir-beton tanyachlari o’rnatilishi rejalashtirilgan. Berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, mahalla hududidagi 202 dona eski tayanchlar yangi temir-beton tayanchlarga almashtiriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram