Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARIBOZORCHA MAHALLASIDA AYOLLAR BAYRAMI BILAN HAMOHANG SHUKRONA TADBIRI O’TKAZILDI

×

 2023-03-10 19:33:48    52

PDF yuklash
Chop etish


Saribozorcha mahallasida ayollar bayrami bilan hamohang shukrona tadbiri o’tkazildi

O’tgan 2022 yil davomida Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, manzilli dastur asosida mahallning ichki ko’chalariga beton qoplamasi yotqizildi. Mahallaningi Quvvi mavzesidagi shu nom bilan ataydigan ko’chada ham aynan betonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bahor faslining kelishini intizorlik bilan kutgan mazkur mavzeda yashaydigan aholi 8-mart – xotin-qizlar bayrami barobarida shukronalik tadbiri o’tkazishdi. Mahalla faoli Turaboy Ziyodulloyevning so’zlariga ko’ra, ushbu ko’cha bugun yangi qiyofa kasb etgan va buning barchasi Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibor samarasidir.

Mahallaning 1 500 metr uzunlikdagi ichki ko’chalariga beton qoplamasi yotqizildi. Elektr energiyasiga bog’liq muammolar ham bartaraf etildi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari barcha mahalla ahlini shukrona kun bilan tabrikladilar. Tadbir davomida faol ayollar va betonlashtirish ishlarida namuna ko’rsatgan bir guruh mahalla yoshlariga tuman hokimligi va O’zbekiston Respublikasi Xalq-demokratik partiyasi tuman Kengashining qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram