“MEHR DAFTARI” DAGI BOLARJONLARGA E'TIBOR KO’RSATILDI
2023-03-10 19:28:11 124
“Mehr daftari” dagi bolarjonlarga e'tibor ko’rsatildi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2022 yil 17 yanvardagi 26-sonli qaroriga muvofiq “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan bolalarga tuman hokimligi tomonidan alohida e'tibor ko’rsatilmoqda. Bunday bolalar muammosi va qiziqishlarini hal etish maqsadida “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu “Yo’l xarita” si doirasida aniq chora-tadbirlar va amaliy ishlar rejasi ham ijroga yo’naltirilgan.
Bunday bolalarning soni 1-sektor hududida 5 tani tashkil etadi. Sektor hududida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tuman hokim o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho’'basi mudiri Otabek Egamberdiyevlar bilan birgalikda ushbu bolajonlar istiqomat qiladigan xonadonlarga borib, mahalla mutasaddilari ishtirokida ularning holidan xabar oldilar.
Bolajonlarga “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” jamg’armasidan tikuv mashinkalari hamda notbuklar sovg’a qilindi. Albatta, bunday e'tibordan mamnun va masrur bo’lgan bu jajji qizlar va bolalar samimiy so’zlar ila minnatdorchilik bildirdilar.
Sovg’alarni topshirish marosimida ishtirok etgan mahalla fa'ollari ham bunday e'tibor uchun minnatdorchilik so’zlari izhor etishdi. Qizlar holidan har doim xabardor bo’lish uchun tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho’'basi va “Milliy gvardiya” tuman bo’limi rahbariyatiga kerakli ko’rsatmalar berildi.
Ma'lumot uchun: tuman miqyosida bunday bolalar soni 8 nafarni tashkil etadi. Ularning barchasiga dasturlash tizimini o’rganish maqsadida noutbuklar va tikuv mashinkasi sotib olish uchun tuman hokimligidan 44 million so’m miqdoridagi mablag’ yo’naltirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram