"SOHIL" DAM OLISH MASKANIDA ONAJONLAR BAYRAMI KO’TARINKILIK BILAN QAYD ETILDI
2023-03-08 12:11:18 126
"Sohil" dam olish maskanida onajonlar bayrami ko’tarinkilik bilan qayd etildi
So’x tumanida sakkizinchi mart - xalqaro Xotin qizlar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir barcha ayollar, opa-singillarimiz va mo’nisa qizlarimizni tumandagi “Sohil” dam olish maskaniga chorladi.
Tadbirda ishtirok etgan barcha xotin-qizlar So’xlik san'at ustalari va hududlardagi san'at g’unchalari tayyorlab kelgan bayramona chiqishlardan bahramand bo’ldilar.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tadbir qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi.
- So’x ayolllari deganda eng avvalo, bizning ko’z oldimizga mehnatkash, farzand parvarishida doimiy kamarbasta bo’lgan, o’zini va farzandlarini, oilasining sha'nini uylaydigan ayol siymosi gavdalanadi. Sizlarning oila bekasi sifatidagi mavqeingiz barcha ta'rifga loyikdir. Siz azizlarning duolaringiz meni So’x farzandi sifatida yangi marralarni zabt etishga, aziz So’ximizning rivoji va taraqqiyotiga hissa qo’shishdagi faoliyatimga yangi kuch va g’ayrat bag’ishlaydi. Agar biz aziz So’xliklar bilan birtanu birjon bo’lib yagona maqsad sari intilsak, ko’zlangan barcha niyatlarimizga erishamiz, albatta. Biz mo’'tabar So’xlik ayollar, Vatanimizning yuksak mukofotlariga, hamda hukumatimizning e'tirofiga sazovor bo’lgan fidokor onaxonlarimiz nomlarini alohida e'tibor bilan tilga olamiz" - dedi tuman hokimi o’z so’zlari davomida.
Bu yili O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hay'atining qarori asosida tuman hokimligi oila va xtin-qizlar bo’limi vakili Guloyim Ahmadjonova “Mo’'tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofot o’z egasiga tuman hokimi tomonidan topshirildi.
Tadbir davomida turli sohalarda faoliyat olib borayotgan va namuna ko’rsatgan xotin-qizlarga tuman hokimligi va tumandagi barcha korxona-tashkilot va muassasalar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg’alari taqdim etildi.
Ona qadrini ulug’laydigan yurt farzandlarimiz, biz uchun ona qadri va uning qiymati barcha narsadan ustundir. Sahnada 15-sonli maktab o’quvchilari o’z qo’shiq va raqslari bilan barcha tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.
Tadbir san'atkorlarning ko’y-qo’shiqlari, ishtirokchilarning ajoyib raqslari bilan davom etdi. Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov tomonidan tayyorlangan quvnoq o’yin g’oliblarni aniqlash va ishtirkorchilar ko’ngliga ko’tarinkilik bag’ishlashga asosiy omil bo’ldi.
Iste'dodli san'atkorlar tomonidan ayol zotining, ayniqsa onaning muqaddas va buyukligini ifoda etuvchi ko’y va qo’shiqlar yangradi. Zero, Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, ayolni ulug’lash, oilani, hayotni, Vatanni ulug’lash demakdir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram