Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IFTIXOR

×

 2023-03-04 16:01:29    41

PDF yuklash
Chop etish


Iftixor

So’x zamini azal-azaldan iqtidorli va iste'dodli farzandlari bilan g’ururlangan yurt. Quvonarlisi, bunday iste'dod egalari bugun ham So’x dovrug’ini olamga doston qilishayotir.

Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot Universiteti katta majlislar zalida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda “Ta'lim sohasini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar va unga qaratilgan yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya doirasidagi xalqaro “Ta'lim sohasidagi xizmatlari uchun” ilmiy-amaliy ko’rik tanloviga xujjat topshirgan bir guruh yoshlar munosib taqdirlandilar.

"Ta'lim sohasidagi xizmatlari uchun" xalqaro tanlovida ishtirok etgan So’xlik iqtidorli yoshlarimizdan biri Zafarjon Djalolovning borligi bizni g’oyatda quvontirdi. Tanlov ishtirokchilari va g’oliblariga Respublikamizning Scientific Academy markazi tomonidan esdalik nishon va uning belgisi, guvohnoma va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

Barcha So’xlik yoshlar va tuman aholisi nomidan tumanning yosh ma'rifatparvar, iste'dodli farzandi Zafarjon Jalolovni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy        muborakbod etamiz. Bardavom bo’lsin!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram