Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QIZILQIYOQ MAHALLASIDAGI SUG’ORISH SUVI MUAMMOSINI BARTARAF ETISHGA SALKAM 1 MILLIARD 700 MILION SO’M MABLAG’ YO’NALTIRILADI

×

 2023-03-04 15:57:45    42

PDF yuklash
Chop etish


Qizilqiyoq mahallasidagi sug’orish suvi muammosini bartaraf etishga salkam 1 milliard 700 milion so’m mablag’ yo’naltiriladi

Aytish lozimki, tumanimizning 3-sektori hududida joylashgan mahalallarda ichimlik va sug’orish suvi ta'minoti kechagi yoki bugungi muammo emas. Aholi bu hududlarda suv tanqisligi bois, ushbu ne'matni mahallalar kesimida barpo eilgan hovuzlardan olib, iste'mol qilishadi.

Ayni kunda sektorning Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahallaga sug’orish suvi tarmog’i tortish ishlari olib borilyapti.

Suv muammosini bartaraf etish maqsadida olib borilayotgan ishlar Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida amalga oshirilayotir. Ayni kunda mahalla hududiga suv yetkazib berish quvurlarini tortish ishlari buyurtmachi tashkilot "Suv qurilish invest" DUK tomonidan olib borilmoqda.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 627 million so’mni tashkil etadi. Dastlabki ishlarni bajarish maqsadida hozirgi kunda mazkur loyiha uchun 500 million so’m yo’naltirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram