TUMAN XALQ TA'LIMI BO’LIMIDA “MANSABDOR SHAXS ESHITUVI” TADBIRI BO’LIB O’TDI
2023-03-03 15:38:18 110
Tuman xalq ta'limi bo’limida “Mansabdor shaxs eshituvi” tadbiri bo’lib o’tdi
Xalq deputatlari So’x tumani Kengashidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhining ish rejasiga binoan bugun tuman xalq ta'limi bo’limining majlsilar zalida partiya vakillari va yoshlarning o’zaro uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi “Yoshlarni xar tomonolama qo’llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 6260-sonli Farmoni va davlatimiz rahbarining “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar xarbiy vatanparvarlik xarakati faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori ijrosi tahlil etildi.
- “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashi deputatining maqomi to’g’risida”gi 706-II-sonli Qonunga asosan “Mansabdor shaxs eshituvi” mavzusi ostida bo’lib o’tgan mazkur tadbir deputatlik guruhi a'zolari, tuman xalq ta'limi bo’limi, tuman yoshlar ishlari Agentligi, tuman mudofa ishlari bo’limi va tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi hamkorligi doirasida tashkil etildi. Bildirilgan takliflar va talablarni doimiy komissiya qarori bilan sessiyalar kun tartibiga kirtilishi ma'lum qilindi, - deydi Xalq deputatlari So’x tuman kengashi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari Subhonali Nishonov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram