DEMURSAD MAHALLASIDAGI ICHKI KO’CHALARNI ASFALLASHTIRISHGA 2 MILLIARD SO’MAN ORTIQ MABLAG’ YO’NALTIRILGAN
2023-03-03 15:31:09 114
Demursad mahallasidagi ichki ko’chalarni asfallashtirishga 2 milliard so’man ortiq mablag’ yo’naltirilgan
So’x tumanida o’tgan 2022 yil davomida keng ko’lamli obodonlashtirish, qurilish-ta'mirlash ishlari olib borildi. Bahor fasli kelishi bilan bu kabi ishlar tumanning barcha mahallalarida jadallik bilan davom ettirilyapti.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi 408-sonli qarori asosida ham So’x tumanida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha amalyi ishlar bajarilishi belgilangan bo’lib, tumanning eng chekka hududlarida bugun ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida ishlar boshlab yuborilgan. Qarorga muvofiq tuman miqyosida salkam 19 milliard so’mlik ishlar bajariladi.
Demursad mahalla fuqarolar yig’inidagi ichki ko’chalarda ham ayni kunda ushbu qaror asosida ta'mirlash ishlari olib borilyapti. Mazkur mahallaninng “Adirlik”, “Simodon”, “Tabobat”, “Soylik”, “Shaxmat” ko’chalarida 6 kilometr masofadagi ichki yullarini asfaltlashtirish belgilangan bo’lib, ayni kunda mahallaning “Adirlik” ko’chasida asfalt yotqizishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shag’allashtirish ishlari tuman yo’lsozlik idorasi ishchi-xodimlari tomonidan bajarilmoqda. Mazkur ishlarga davlat byudjeti hisobidan 2 milliard 041 million 700 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram