Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2023-03-03 15:05:06    122

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi yangiliklar

        O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan2023 yil 27 fevral kuni 74-sonli “Nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Prezident qarori  qabul qilindi.

        Qarorga muvofiq, 2023 yilda qo’yidagi yangiliklar kiritildi:

        muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan;

        “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan va I-guruh nogironligi bo’lgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul ta'minlanadi.

        2023 yil 1 sentyabrdan nogironligi bo’lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.

        I va II-guruh nogironligi bo’lgan shaxslar va ularga g’amxo’rlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.

        Statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi bo’lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsiz varaqasi beriladi hamda ular shu davrda tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanishi yulga qo’yiladi.

                  O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram