Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA RAISI TASHABBUSI OSTIDA HASHAR TASHKIL ETILDI

×

 2023-03-03 15:03:13    61

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla raisi tashabbusi ostida hashar tashkil etildi

        “Hashar elga yarashar” degan naql bor xalqimizda. Bahor kelishi bilan hududlarda obodonchilik ishlari avj olib, ushbu ezgu maqsadlar yo’lida xalqimiz bir yoqadan bosh ko’tarib, mehnat qilishadi.

        Tumanimizning Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida ham mahalla raisi Subhonali Nishonovning tashabbusi bilan hashar tashkil etildi. Bunday xayrli tashabbusni mahalla ahli qo’llab-quvvatlagan holda unda ishtirok etdilar.

        Mahalla raisining so’zlariga ko’ra, mahalalda bahorning ilk kuni hududdagi ko’cha va guzarlar tozalandi, daraxt va ko’chatlar oqlandi, ariqlardan chiqgan chiqindilar olib tashlandi, ziyoratgohlarda ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hasharga 3 ta texnika hamda 80 nafarga yaqin aholi jalb etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram