Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND FUQAROLARGA BEPUL QUYOSH PANELLARI O’RNATIB BERILMOQDA

×

 2023-03-03 14:56:31    55

PDF yuklash
Chop etish


Ehtiyojmand fuqarolarga bepul quyosh panellari o’rnatib berilmoqda

        Tumanimizda Prezidentimizning 16 fevral kuni qabul qilgan «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan keng ko’lamli ishlar olib borilyapti. Ayni kunda tumandagi mahalallar kesimida kam ta'minlangan oilalar xonadonlariga bepul qo’yosh panellari o’rnatish ishlari olib borilyapti.

        Byudjetning orttirilgan mablag’lari hisobidan quyosh panellarini o’rnatish ishlari bevosita mutasaddilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Albatta bunday e'tibordan aholi mamnun va minnatdor. 

        Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning bergan ma'lumotiga ko’ra, bugun So’x va Obishir mahallalaridagi ehtiyojmand fuqarolar honadonlariga ham quyosh panellari o’rnatib berildi. So’x mahalla fuqarolar yig’ini “Obishir” ko’chasida yashovchi, I-guruh nogironi, "Temir daftar” ro’yxatiga kiritilgan fukaro Irodatxon Narzidinova va ushbu mahallada yashovchi “Temir daftar” ruyxatiga kiritilgan Umiyaxon Homidovalar bunday e'tibor uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, xayrli va savobli ishlar bardavomligi, hayotimiz farovonligi niyatida qo’llarini ochib duolar qildilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram