Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIRINCHI NAVBATDA “TEMIR DAFTAR” DAGI FUQAROLAR XONADONLARIGA QUYOSH PANELLARI O’RNATILMOQDA

×

 2023-03-01 18:36:07    71

PDF yuklash
Chop etish


Birinchi navbatda “Temir daftar” dagi fuqarolar xonadonlariga quyosh panellari o’rnatilmoqda

«Tejab sarflagan kambag’al bo’lmaydi» degan naql bor xalqimizda. Insonga berilgan ne'matlardan samarali va tejamkorlik bilan iste'mol qilinsa va shu ne'matlar qadrlansagina unum va baraka bo’ladi.

Davlatimiz rahbarining 16 fevral kungi «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan So’x tumanida ham qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda ulardan foydalanishni kengaytirish bo’yicha tuman shtabi tashkil etildi.

Shtab tomonidan, joriy yil sentyabr oyiga qadar, jami

2,7 MVt quvvatga ega qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo’yicha byudjet tashkilotlari, xususiy tadbirkorlar va aholi xonadonlari kesimida ro’yxatlar shakillantirildi.

Ayni kunda tuman hokimligining orttirilgan byudjet mablag’lari hisobidan mahallalar kesimidagi kam ta'minlangan, “Temir daftar” ga kiritilgan fuqarolarga bepul quyosh panellari o’rnatib berilmoqda:

TASVIRDA:

TOM: Tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyevniing ma'lumotiga ko’ra, bu bo’yicha tuzilgan manzilli ruyixat barcha mahallalarga yetkazilgan va har bir mahallada kuniga “Temir daftar” dagi fuqarolar xonadoniga qyosh panellari o’rnatilmoqda.

Tumanda 29 ta ijtimoiy soha ob'ektlari, 4 ta davlat idoralari, 74 ta aholi xonadonlarida jami quvvati 0,4 MVt va 10 ta tadbirkorlik sub'ektlarida quvvati 0,1 MVtga teng qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etilishi rejalashtirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram