SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-03-01 18:34:09 110
Savol bering, javob beramiz
Savol: yangi "Mehnat kodeksi"da xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish buyicha qanday talablar belgilangan?
Javob: Yangi "Mehnat kodeksi"da xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish to’g’risida quyidagilar belgilangan:
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1-yildan ko’p bo’lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to’xtatib turiladi.
Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram