JAVPAYA VA QAYROQ MAVZELARIDAGI ISHLAR JARAYONI VILOYAT ISHCHI GURUHI TOMONIDAN O’RGANILDI
2023-02-28 17:49:14 112
Javpaya va Qayroq mavzelaridagi ishlar jarayoni viloyat ishchi guruhi tomonidan o’rganildi
So’x tumani qishloq xo’jaligi sohasida olib borilayotgan ish va yumushlar Farg’ona viloyati hokimi o’rinbosari Alibek Tursunov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o’rganildi. Ishchi guruh Qayroq va Javpaya massivlarida bo’lib, amalga oshirilgan ishlarni ko’zdan kechirdi va qilinajak ishlar bo’icha kerakli tavsiya va takliflar berildi.
Qayroq massividagi 1 448 gektar yer maydoni o’zlashtirilishi boshlab yuborilgan va yerlarni tayyorlash ishlari kuz faslida boshlangan. Ishchi guruh mavjud yer maydonlarida bo’lib, ekiladigan ziroatlar va ularning parvarishi, shuningdek, massivdagi yer maydonlarini fuqarolarga taqsimlab berish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama etdilar.
Javpaya suv nasos stantsiyasida ham ayni kunda oxirgi ishlar olib borilmoqda. Suv nasos stantsiyasi elektr energiyasi manbasi bilan ham ta'minlandi va olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirgan viloyat hokimi o’rinbosari bajarilajak ishlarni sifatli etib oxiriga yetkazish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.
Javpaya kengliklaridagi yerlarni tayyorlash, membrana hovuzini tayyorlashga oid olib borilayotgan ishlar, suv tejovchi texnologiyalarni o’rnatish va payvandlash ishlari jarayoni ham ko’zdan kechirildi. Tumanda baliq yetishtirish uchun boshlangan ishlar jarayoni va shirkat xo’jaliklaridagi mahsulotlar zaxirasi ham manzilli ko’zdan kechirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram