Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 216 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHASHMA MAHALLASIDA TUMAN HOKIMINING SAYYOR QABULI O’TKAZILDI

×

 2023-02-28 17:16:45    83

PDF yuklash
Chop etish


Chashma mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli o’tkazildi

        4-sektor hududida joylashgan Chashma mahalla fuqarolar yig’inidagi dam olish maskanida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda ishtirok etgan 4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyev, O’zbekiston Republikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasi vakillari, tashkilot-korxona va muassasalar rahbarlari bilan birgalikda mahalla ahlining muammo va kamchiliklari tinglandi.

        O’tkazilgan sayyor qabulda mahalla fuqarolari faollik bilan ishtirok etdi va tuman hokimiga qiynayotgan kamchilik va muammolar haqida murojaat etdilar. Mahallaning ichki yo’llaridagi holat, ta'mirtalab bo’lib qolgan yo’llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta'minotidagi muammolar, tabiiy gazning bir necha yildan buyon yo’qligi, tibbiy masalalardagi muammolar, kam ta'minlangan fuqarolarga yordam qo’lini cho’zish, notinch oilalar va nomurosalik ko’chasiga kirib qolgan fuqarolarni yarashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun amaliy yordam ko’rsatish masalalari murojaatlar asosini tashkil etdi.

        Murojaatlarning bir qismi sayyor qabul davomida o’z yechimini topdi, muddat talab etiladigan murojaatlarning ijobiy hal etilishi tegishli idoralar rahbarlariga yo’naltirildi. Bo’layotgan e'tibor va o’zgarishlarga nisbatan fuqarolar o’z fikrlarini bildirdilar sayyor qabul jarayonida.

        Sayyor qabuldan so’ng tuman hokimi mahalla “beshligi” bilan “Mahallabay” tizimi asosida uymauy yurib, fuqarolar muammo va kamchiliklarini o’rganishdi va ularning hal etish choralari ko’rildi. Manzilli o’rganilgan muammolarning yechimi bo’yicha ham tegishli idoralar rahbarlariga qat'iy ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram