Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 213 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAHOR - OBODLIK VA OZODALIK AYYOMI

×

 2023-02-28 17:14:38    73

PDF yuklash
Chop etish


Bahor - obodlik va ozodalik ayyomi

        Bugun bizni turli sinovlardan o’tkazgan qish faslining oxirgi kuni. Qishning safari qaridi hamki, bu betakror zaminga Bahor kirib kelmoqda...

        Yurtimizda bahor nafasini sezgan jonzot borki, yangi hayot sari peshvoz chiqadi. Zotan, bahor uyg’onish va yangilanish faslidir.

        Bu ko’hna zaminda azal-azaldan ota-bobolarimiz bahorga mehnat ila peshvoz chiqishgan. Bahor kelishi bilan mahalla-guzarlar, makon-maskan, yashash manzillar obod qilingan, ozodalikka oshno bo’lgan mehnatkash xalqimiz Vatan obodligi yo’lida astoydil bel bog’lab, mehnat qilishgan.

        Tumanimizning Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida ham bugun obodonchilik ishlari boshlanib ketdi. Mahalla ahli bahorga munosib peshvoz chiqish maqsadida ariqlarni tozalash, xonadonlar sahnini ozoda tutish uchun mehnat qilishmoqda.

        Ota-bobolarimizdan qolgan umrboqiy meros - hashar orqali keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Bu yilgi bahor mana shunday qadriyatlarni bizning ruhiyatimizda yanada mustahkamlashiga astoydil ishonamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram