SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-02-28 17:11:44 112
Savol bering, javob beramiz
Savol: Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) qiluvchilar to’g’risida ma'lumot bersangiz
Javob: Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o’zini o’zi band qiladigan shaxslar shug’ullanadigan faoliyat turi hisoblanadi. Mazkur shaxslar soliq organlarida o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishlari lozim.O’zini o’zi band qilgan shaxslar daromad solig’i to’lamaydi. Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida (300 ming so’m) ijtimoiy soliq to’laydi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram