BILASIZMI?
2023-02-28 17:10:18 123
Bilasizmi?
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari 3-bandiga binoan:
Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:
davlat xizmatining obro’siga putur yetkazishi mumkin bo’lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;
mas'uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko’maklashish;
xushmuomalalik, e'tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg’otish;
oilasida sog’lom muhitni ta'minlab, oila a'zolariga doimiy g’amxo’r bo’lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat'i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo’lish;
jamiyatda axloqning umume'tirof etilgan qoidalariga amal qilish.
I. Mahmudov - Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasining yetakchi maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram