Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 142 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR YO’LI BILAN MAHALA ZIYORATGOHI OBOD QILINDI

×

 2023-02-25 16:51:37    76

PDF yuklash
Chop etish


Hashar yo’li bilan mahala ziyoratgohi obod qilindi 

Tinchlik va osoyishtalik qaror topgan yurtda farovonlik bo’ladi. Zotan, “dast ba koru dil ba yor” degan naqlni o’zlariga shior qilib olgan So’xliklar yurt farovonligi yo’lida astoydil harakat qilishmoqda.

Bugun tumanda hashar yo’li va saxovatpesha homiylarning ko’magi bilan keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Guzarlar, dam olish maskanlari, ko’chalar oobod bo’lmoqda, ziyoratgohlarda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan mahalla ziyoratgohida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari mana shunday ezgu amallarning bir namunasidir. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tashabbusi va saxovatpesha homiylar ko’magida mazkur muqaddas qadamjoda yangi shiypon barpo etildi.

Mazkur inshoot taqdimotiga bag’ishlangan tadbirda tuman hokimi, tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilariga ziyofat tashkil etildi.

Aytish lozimki, turar joy, mahalla va ziyoratgohlarni obodonlashtirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri bo’lib, bu ishlarda fuqarolar ham fidoyilik namunasini ko’rsatmoqda. Mazkur ziyoratgohning obodonchiligiga salkam uch yuz million so’m mablag’ sarflandi va bu xayrli ishlarda Rovon, Istiqlol va Navobod mahallalari aholisi bir yoqadan bosh chiqarib, mehnat qilishdi.

Mazkur tadbirda so’z olgan So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev so’xliklar azal-azaldan hashar orqali ulug’ ishlarni amalga oshirganini ta'kidladi. Tadbir so’ngida mazkur ziyoratgoh obodligida hissa qo’shgan bir guruh fidoiylarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram