Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 193 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUDUDLARDAN XABARLAR

×

 2023-02-25 10:18:55    73

PDF yuklash
Chop etish


Hududlardan xabarlar

Barchamizga ma'lumki, fevral oyning birinchi kunidan boshlab tumanimizning tog’oldi va sel kelishi xavfi yuqori bo’lgan hududlarda Farg’ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tumanimizning sohaga daxldor bo’lgan vakillari ishtirokida o’rganish ishlari olib borildi. O’rganishlar natijasiga ko’ra, bugun tumanimizning Devayron, Malbut, Sohibkor, Oftobru mahallalarida sel yo’llarini tozalash va yangi sel yo’llari ochish ishlari olib borilmoqda.

Malbut va Obishir  mahallalaridagi mavjud sel yo’llarini tozalash ishlarida safarbar etilgan texnika vositalari xizmatidan keng foydalanilmoqda. Devayron mahalla fuqarolar yig’inida ayni kunda yangi sel yo’li ochish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Mutasaddi idoralar vakillari aholi va fuqarolar bilan bevosita bu bo’yicha uchrashib, suhbatlar qilishmoqda va aholining fikri ham bu ishlarda alohida e'tiborga olinyapti. O’tgan ikki uch yilda yuzaga kelgan tabiiy ofat bugun bizdan amaliy ishlarni bajarishga undamoqda va ushbu yo’nalishda ishlar bir maromda olib borilishi ta'minlanayotir.

                  So’x tumani hokimligi Abxorot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram