Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ADLIYA XABAR QILADI

×

 2023-02-25 08:42:11    125

PDF yuklash
Chop etish


ADLIYa XABAR QILADI

                                                                           

Quyosh fotoelektrik stansiyalari qurgan shaxslarga kompensatsiya beriladi

Energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo’yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun byudjet mablag’lari hisobidan kompensatsiya ajratiladi.

Kompensatsiya quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi

jismoniy shaxslarga quyosh fotoyelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:

quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so’mdan;

quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 million so’mdan;

energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so’mdan oshmaydigan miqdorda;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar bo’yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:

jismoniy shaxslarga – 500 million so’mdan oshmaydigan kreditlar bo’yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan ko’p bo’lmagan miqdorda;

yuridik shaxslarga – 5 milliard so’mdan oshmaydigan kreditlar bo’yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan ko’p bo’lmagan miqdorda.  

 

M.Qodiraliyev - Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo’limi boshlig’i


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram