Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN MAORIFCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI

×

 2023-02-25 08:33:23    84

PDF yuklash
Chop etish


Tuman maorifchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi

Tuman madaniyat markazining majlislar zalida bo’lib o’tgan ochiq muloqot kunning eng dolzarb va og’riqli muammolaridan biri – globallashuv jarayonida internet orqali bo’layotgan manfiy ta'sirlardan saqlash va yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga bag’ishlandi. Ta'lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan iislohotlar samarasi va tuman umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar ham mazkur tadbirda muhokama va tahlil etildi.

Ochiq muloqotga raislik qilgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur masalalar bugungi kunda haqiqatdan ham dolzarb ekanligini ta'kidlab, bu yo’nalishda tuman miqyosida olib boriayotgan ishlar va bu ishlarning samaradorlipgiga alohida to’xtaldi. Tadbirda Respublika va viloyat vakillari ham ishtirok etdilar.

Ayni globallashuv jarayonida internet orqali bo’layotgan turli ta'sirlar va bu ta'sirlar kuchiga asosan yoshlarimiz tushib qolayotganligi, diniy ekstremistik guruhlarning turli yo’llar bilan yoshlarimiz ongu shuurini zaharlayotgani eng avvalo ta'lim-tarbiya sohasi vakillarini tashvishga solish lozimligi alohida qayd etildi. Ushbu yo’nalishda birgalikda, hamkorlikda amaliy ishlar olib borish, yoshlarimiz ongida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan g’oyalarni singdirish lozimligi davr talabi ekanligi qayd etildi.

Sayidbahrom Sayidmusayev tadbir davomida tuman xalq ta'limi sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayoniga ham alohida to’xtaldi. Islohotlar eng avvalo barcha soha vakillarining ong va dunyoqarashidan boshlanishi lozimligi qayd etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram