YOSHLARNI BUZG’UNCHI G’OYALAR TA'SIRIDAN ASRASH ZIMMAMIZDAGI ASOSIY VAZIFALARDAN BIRIDIR
2023-02-24 17:14:20 130
Yoshlarni buzg’unchi g’oyalar ta'siridan asrash zimmamizdagi asosiy vazifalardan biridir
Yoshlarni buzg’unchi g’oyalar ta'siridan asrash bugungni kunning dolzrab masalalaridan hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali o’z ta'sirini o’tkazayotgan turli xurujlar yoshlarimizni tobora o’z domiga tortmoqda.
Tuman hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan tadbir ayni ushbu dolzarb mavzuga bag’ishlandi. Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirga Farg’ona viloyati hokimi o’rinbosari Jamshed Hatamov raislik qildi.
Viloyat hokimi o’rinbosari ekstremistik va terroristik guruh va tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni to’g’ri yo’ldan ozdirib, o’z domiga jalb etayotganini alohida ta'kidladi. Buzg’unchi g’oyalar vakillari islom dinini niqob qilib, Qur'oni Karimdan misollar keltirmoqda, yoshlarni tuzoqqa ilintirmoqda.
Ma'naviy bo’shliq tufayli misol uchun, ba'zi yoshlar hijrat va jihodning mazmuni va mohiyatini to’g’ri tushunmay, uni o’zlariga xos tarzda talqin etishmoqda. – Qonun ustuvor bo’lgan yurtimiz kelajagi - yoshlarimizning buzg’unchi kuchlar tuzog’iga tushib qolmasliklari uchun har birimiz mas'ulmiz, ayniqsa, bu yo’nalishda mahallalarning “beshligi” o’ta mas'uliyat bilan faoliyat olib borishlari lozim bo’ladi, - deya ta'kidladi viloyat hokimi o’rinbosari.
Ochiq muloqot davomida bu bo’yicha ishtirokchilar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Viloyatdan tumanga safarbar etilayotgan din peshvolari, jome' masjidlar imomlari ishtirokida So’x tumanining masjidlarida juma namozlarini ado etish va ma'vizalar qilishlari bo’yicha takliflar o’rtaga tashlandi va bu tadbir ishtirokchilari tomonidan ma'qullandi.
Shuningdek, tadbirda diniy ma'lumotga ega bo’lgan mutaxassislarni kengroq jalb qilish yuzasidan ham takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflarning barchasi e'tibordan chetda qolmasligi viloyat vakili tomonidan alohida ta'kidlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram