QUTURISH KASALLIGINI OLDINI OLISH BO’YICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI
2023-02-24 17:10:00 110
Quturish kasalligini oldini olish bo’yicha amaliy seminar o’tkazildi
So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi tashabbusi bilan Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida “Odamlar va hayvonlar o’rtasida quturish kasalligi tarqalishini oldini olishda FVDqT xizmatlarining xamkorlikdagi xarakatlari” mavzusida amaliy seminar o’tkazildi. So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM FTEXTB boshlig’i, leytenant Farxiddin Saidovning ma'lumotiga ko’ra, amaliy seminar avvalida mazkur tadbirga doir qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan hayvonlar o’rtasida quturish kasalligining oldini olish bo’yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, odamlar va hayvonlarda quturish kasalligi klinikasi, belgilari va profilaktikasi, aholiga antirabik yordam ko’rsatishda yuzaga kelayotgan muammolar, So’x tumani hududida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va yo’q qilish bo’yicha olib borilayotgan tadbirlar bo’yicha keng ma'lumotlar berildi. Tadbir jarayonida ishtirokchilar bergan savollarga javob berildi va aholini ogohlikka chorlovchi eslatma, buklet va varaqalar tarqatildi.
Amaliy seminarning ikkinchi bosqichida mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholi xonadonlarida bo’lgan mutaxassislar fuqarolarga mavzu bo’yicha keng qamrovli tushuncha va ma'lumotlar berdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram