Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ERONLIK INVESTOR MARKHALI MUSLIM: “BALIQ YETISHTIRISH UCHUN SO’X TUMANI ENG MAQBUL VA QULAY HUDUD HISOBLANADI”

×

 2023-02-24 17:07:00    112

PDF yuklash
Chop etish


Eronlik investor Markhali Muslim: “Baliq yetishtirish uchun So’x tumani eng maqbul va qulay hudud hisoblanadi”

Aytish lozimki, bugun So’x tumanida xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda baliqchilikni rivojlantirish uchun munosib zamin yaratilmoqda. Tumanimizga Eron va Rossiyadan kelgan tadbirkorlar bilan ayni ushbu masala joyida o’rganildi va sohani rivojlantirish bo’yicha istiqbolli rejalar tuzish lozimligi ta'kidlandi.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar investorlar bilan suhbat davomida mazkur soha rivojiga tumanda tamal toshi qo’yayotganligi, So’x tumani ko’p sohalarni rivojldantirish uchun munosib hudud ekanligi xususida ma'lumot berdilar. O’z navbatida xorijiy investorlar Markhali Muslim, Haftiang Jahanfar va Nadarhani Roshualar ham tumandagi Devayron mahallasida tashkil etilgan baliqchilik xo’jaligini ko’zdan kechirganlari, tumanning iqlim sharoiti baliqchilik, ayniqsa forel va osyotr baliqlari yetishtirishni rivojlantirish uchun eng maqbul va qulay hudud ekanini bildirishdi.

Tumandagi “So’x Gidrotrans” MChJ rahbari Ilhomjon Homidjonov tomonidan amalga oshirilayotgan forel balig’ini yetishtirishni kengaytirish maqsadida bu yili So’x daryosi qirg’oqlaridagi barpo etilgan 5 gektar yer maydonida qo’shimcha 100 ta beton hovuzlarini o’z mablag’lari hisobidan tashkil etish rejalashtirilgan va hozirgi kunda ishlar boshlab yuborilgan. Shuningdek, tadbirkor Olimjon Domulloyev rahbarliq qilayotgan O’zbekiston, Rossiya va Eron davlatlari o’rtasidagi “Fresh forel” qo’shma korxonasi tomonidan ham ushbu joydagi 5 gektar yer maydoniga forel balig’ini yetishtirish va qayta ishlash kompleksi qurilishi loyihasi rejalashtirilgan va ushbu loyiha bo’yicha ham ishlar boshlab yuborilgan.

Bundan tashqari, tumanga tashrif buyurgan chet ellik investorlar baliqni yetishtirishni mo’ljallangan joyda tibbiyotda foydalaniladigan zulukni yetishtirishga ham ko’lay ekanligi, buni yo’lga qo’yilsa ham juda katta daromad olish mumkin ekanligi va bu yo’nalishdagi loyihalarni ham amalga oshirish uchun investitsiya kiritishlari mumkinligini ma'lum qilishdi. Chet el investitsiyasini jalb etgan holda yaqin kelajakda baliqchilikni yo’lga qo’yish bo’yicha amaliy ishlarni tashkil etishga kelishib olindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram