INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARI - KONSTITUTSIYAMIZNING AJRALMAS QISMI SIFATIDA
2023-02-24 13:13:51 139
Inson huquq va erkinliklari - Konstitutsiyamizning ajralmas qismi sifatida
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz bo’lib, hech kim ulardan sudsiz mahrum etishga yoki ularni cheklashga haqli emas. Asosiy qomusimiz bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-bobida nazarda tutilgan shaxsiy huquq va erkinliklar haqida batafsil yoritilgan. Shuningdek, 24-moddasida belgilangan yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir. 25-moddasi har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir. 26-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkor ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi. 27-moddasi.
Har kim o’z sha'ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga egadir. 28-moddasi. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joyidan ikkinchi joyga ko’chishi, O’zbekiston Respublikasiga kelishi va undan chiqib ketishi huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustano. 29-moddasi. Har kim fikrlash, so’z va e'tiqot erkinligi huquqiga ega. 30-moddasi. O’zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Sherzod Madumarov - Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram