Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ADLIYA XABAR QILADI

×

 2023-02-24 13:04:45    122

PDF yuklash
Chop etish


ADLIYa XABAR QILADI

“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta'lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo’lgan xorijiy OTM dasturiga ko’ra shakllantiriladi.

2023/2024 o’quv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;

Xalqaro toifadagi O’zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;

O’zbekiston sport ustasi yoki O’zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o’yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo’yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g’olib (1-o’rin) bo’lgan sportchilar.

Jismoniy tarbiya va sport yo’nalishlarida 2023 yil 1 yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.

2023 yil 1 yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.

 

Sh.Sobirov - Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo’limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasining bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram