TUMAN HOKIMI TASHRIFIDAN SO’NG MAKTABDAGI SUV MUAMMOSI BARTARAF ETILDI VA BO’SH TURGAN OSHXONANI FOYDALANISHGA TOPSHIRISH BO’YICHA BILDIRILGAN TAKLIF MA'QULLANDI
2023-02-22 18:21:37 111
Tuman hokimi tashrifidan so’ng maktabdagi suv muammosi bartaraf etildi va bo’sh turgan oshxonani foydalanishga topshirish bo’yicha bildirilgan taklif ma'qullandi
Bugun 2-sektorning Qal'a mahalla fuqarolar yig’inida bo’lgan tuman hokimi 3-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida ham bo’ldi. Maktab pedagogik jamoasining ichimlik suvi muammosi bo’yicha qilgan murojaati joyida bartaraf etilishiga erishildi.
Gap shundaki, murojaatga binoan mazkur muassasada bir necha oylardan beri ichimlik suvi yo’q. “O’zsuvta'minot” MChJ So’x tumani filiali vakillarining ma'lumotiga ko’ra, tarmoq quvuridagi suv sovuq havo tufayli muzlagan. Soha vakillari mazkur muammoni bartaraf etishga kirishdi.
O’rganish jaaryonida tuman hokimi maktabning bir necha yildan buyon bo’sh qolgan oshxonasida bo’ldi. Oshxona bugungi kunda talabalar uchun faqat kirish-chiqish uchun yo’lak vazifasini o’taydi.
Tuman hokimi taklifi bilan mazkur oshxona binosi yangidan ta'mirlanib, foydalanishga topshiriladigan bo’ldi. Buning uchun tadbirkor izlash ham kerakmas, chunki maktab pedagogik jamoasi orasidan bu ishning uddasidan bemalol chiqadigan tashabbuskor ham topildi.
Bu orada ichimlik suvi muammosi ham bartaraf etildi va qisqa muddat davomida maktabga “obi hayot” chiqarilib berildi. Shuningdek, tuman hokimi mazkur maktab hududida joylashgan 2-sonli IDUM pedagogik jamoasi bilan ham suhbat o’tkazdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram