ENG FAOL O’QUVCHILAR VA FAOLIYATDA NAMUNA BO’LGAN O’QITUVCHILARGA QIMMATBAHO SOVG’ALAR TAQDIM ETILDI
2023-02-22 18:03:11 194
Eng faol o’quvchilar va faoliyatda namuna bo’lgan o’qituvchilarga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi
Ta'lim-tarbiya sohasiga berilayogan e'tibor zamirida farzandlarimiz, kelajagimiz vorislarnining taqdiri va ularning yorqin istiqboli mujassam. Ta'kidlash lozim, eng chekkada joylashgan bizning tumanimizda ham ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi xalqimizning cheksiz minnatdorchiligiga sabab bo’layotir.
Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Navobod mahallasida joylashgan 26-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’ldi va mazkur ta'lim dargohining 10-sinf o’quvchilari bilan bo’lib o’tgan suhbatda davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor va bu e'tiboriing tuman yoshlari taqdiridagi o’rni alohida ta'kidlandi. Tuman hokimi talabalar bilan suhbat chog’ida berilayotgan e'tiborga nisbatan qunt bilan o’qib, o’rganib, Vatanning sodiq farzandlari bo’lib yetish asosiy maqsad bo’lish lozimligini qayd etib o’tdi.
O’quvchilarning matematika va o’zbek tiliga doir bilimlari tuman hokimi tomonidan sinovdan o’tkazildi. Qiziqarli matematik misollarni tuman hokimi yordamida hal etgan o’quvchilar o’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti vakillari ijodidan she'rlar o’qib berishdi.
Bir soat darsdan so’ng maktab o’quvchilari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi va mazkur tadbirda tuman hokimi yana bir karra sohaga berilayotgan e'tibor haqida gapirdi. Tadbir davomida bir guruh eng faol o’quvchilar va faoliyatda namuna ko’rsatgan o’qituvchilarga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
Maktabning yuqori sinf o’quvchilari – Biloliddin Hamroaliyev, Shohsanam Barotjonova, Sodirbek Abdullajonov va Shohsanam Dilshodjonovalarga esdalik sovalari topshirildi. Shuningdek, tuman hokimi mazkur ta'lim dargohi yosh o’qituvchisi Umedjon Jo’rayevga anomal sovuq kunlarida namuna ko’rsatganligi uchun qimmatbaho sovg’a taqdim etdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram