MAMLAKATIMIZDA INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI TA'LIM YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
2023-02-22 16:19:53 128
Mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta'lim yanada takomillashtiriladi
Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosini ta'minlash, inson huquqlari sohasidagi ta'limni yanada takomillashtirish, shuningdek, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta'lim dasturining to’rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni samarali va o’z vaqtida amalga oshirish maqsadida Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi ta'lim dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori e'lon qilindi.
Davlatimiz raxbarining mazkur Qarori bilan inson huquqlari sohasidagi ta'lim bo’yicha dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, ilg’or xorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturi hamda O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturini amalga oshirish bo’yicha «yo’l xaritasi» tasdiqlandi.
Shunigdek, ushbu Qaror bilan O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta'lim dasturining to’rtinchi bosqichini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya oldiga dolzarb vazifalar qo’yildi, jumladan:
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o’z vaqtida ijro etilishi bo’yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish;
doimiy ravishda aniq ko’rsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotning rasmiy veb-sahifalarda va ommaviy axborot vositalarida joylashtirib borilishini ta'minlash;
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va e'lon qilinishini ta'minlash.
Bundan tashqari, 2023/2024 o’quv yilidan boshlab professional va oliy ta'lim tizimida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari», «Bola huquqlari» bo’yicha tegishlicha o’quv va maxsus kurslar joriy etilishi belgilandi.
Abdullayev Shermuhammad Ro’zimatovich - Fuqarolik ishlari bo’yicha
So’x tuman sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram