QIDIRUVDAGI ALIMENTCHI QARZDOR TOPILDI VA QAMALDI
2023-02-20 15:58:18 116
Qidiruvdagi alimentchi qarzdor topildi va qamaldi
Byuroning So’x tumani bo’limi ish yurituvida bo’lgan FIB Farg’ona tumanlararo sudining 06.04.2017 yilgi qaroriga ko’ra qarzdor X.A.dan undiruvchi S.S. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo’yicha, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor X.A. aliment qarzini to’lashi lozimligi haqida bir necha marta ogohlantirilgan.
Lekin, qarzdor aliment to’lashdan bo’yin tovlab yashash manzilini o’zgartirganligi sababli, 17.11.2022 yilda unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Byuroning qidiruv sho’'basi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor 15.02.2023 yilda Farg’ona shahrida ushlangan.
JIB So’x tumani sudining 15.02.2023 yilgi qaroriga asosan qarzdor X.A. 35.326.000 so’m aliment qarzini to’lashdan bo’yin tovlagani uchun 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
MIB So’x tumani bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram