Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTORLAR KESIMIDAGI 921 NAFAR FUQAROLARGA “MAHALLA” XAYRIYA JAMOAT FONDINING “SAXOVAT VA KO’MAK” JAMG’ARMASI HISOBIDAN BIR MILLIARD SO’MDAN ORTIQ MODDIY YORDAM KO’RSATILDI

×

 2023-02-20 10:44:44    156

PDF yuklash
Chop etish


Sektorlar kesimidagi 921 nafar fuqarolarga “Mahalla” xayriya jamoat fondining “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan bir milliard so’mdan ortiq moddiy yordam ko’rsatildi

Ehiyojmand, kam ta'minlanan oilalarga moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatish, ularga ko’mak qo’lini cho’zish eng savob va xayrli amallardan hisoblanadi. So’x tumanida aynan ushbu yo’nalishda tumandagi “Mahalla” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan arzirli ishlar qilindi.

Qo’yida mazkur jamg’arma hisobidan tuman sektorlari kesimida qilingan xayrli ishlar haqida ma'lumot keltiramiz. 2022 yil yakuni bo’yicha mazkur jamg’arma hisobidan tumanning 1-sektori hududidagi 191 nafar fuqarolarga 737 312 000 so’m miqdorda moddiy yordam ko’rsatilgan.

Ikkini sektor bo’yicha 373 nafar fuqarolarga 264 533 000 so’m, 3-sektorda yashovchi 160 nafar ehtiyojmand fuqarolarga 67 601 600 so’m miqdorida moddiy yordam ko’rsatilgan bo’lsa, 4-sektor hududidagi 197 nafar kam ta'minlangan fuqarolar mazkur jamg’arma hisobidan 120 611 000 so’m moddiy yordam olishgan. Ko’rsatilgan moddiy yordamlar oziq-ovqat mahsulotlari va bir martalik pul mablag’lari shaklida fuqarolarga yetkazib berilgan. Sektorlar kesimidagi jami ko’rsatilgan moddiy yordam miqdori 1 milliard 190 million 057 ming 600 so’mni tashkil etadi.             

Bundan tashqari 1-sektor hududidagi Javpaya massivida issiqxona qurish uchun Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi qarori bilan 700 million so’m mablag’ ajratilib, 20 nafar “Temir daftar” ruyxatiga kiritilgan fukarolar uchun o’tkazib berildi. Barpo etilgan 20 ta issiqxona ushbu fuqarolarga tarqatib berilgan. 

Farg’ona viloyati hokimining 2022 yil 3 iyun kungi 204-11-0-F/22-conli farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi “Temir daftar” ro’yxatiga kiritilgan hamda mazkur qarorga asosan moddiy yordam pullarini olmagan 59 ta oilada yashovchi 249 nafar oila a'zolariga 20 kilogrammdan, 4 980 kilogramm un mahsuloti sotib olish uchun 24 million 900 ming so’m, 2022 yil 8 iyun kungi 213-11-0-F/22-sonli farmoyish ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi ijtimoiy avholi og’ir bo’lgan 501 ta oilalarda yashovchi 2 120 nafar oila a'zolariga 20 kilogrammdan, 42 400 kilogramm un mahsuloti sotib olish uchun 212 million, jami bo’lib 236 milllion 900 ming so’m mablag’ “Saxovat va ko’mak” jamg’armasidan ajratildi.

Sel oqibatida talofat ko’rgan Malbut kishlog’ida yashovchi barcha xonadonlarga 200 qop un mahsuloti sotib olish uchun 23 million,    Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi fuqaro   Maryamxon Teshaboyevaning uy-joyini ta'mirlash uchun 7 million 200 ming so’m “Saxovat va kumak” jamg’armasidan sarflandi.

- Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan viloyatimiz hokimligi tomonidan 95 886 ming so’mlik yuborilgan oziq-ovqat maxsuloti 253 nafar kamta'min, ehtiyojmand fuqarolarga tarqatilib berildi, - deydi bizga “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov.

Farg’ona viloyati “Mahalla” xayriya jamoat boshqarmasi tomonidan sel oqibatida talofat ko’rgan Malbut, Tul, Sharqobod mahallalaridagi 250 ta xonadonlarga oziq-ovqat mahsuloti, Malbut qishlog’idagi davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga umumiy qimati 60 million 299 ming so’mlik 50 dona momiq sochiq va yotoqxona jihozlari moddiy yordam sifatida yetkazib berildi.

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro F.  Abduhakimovning davolanishi uchun homiy tomonidan 10 million, Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Mastona Sharipovaning qizchasida yurak jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun 10 million so’m mablag’ o’tkazib berildi.

Tuman hokimi homiyligida 1 700 dona shifer mahsuloti kamta'min, o’y-joyini ta'mirlashga muhtoj fuqarolarga bepul tarqatib berildi.

Bugungi kunga kelib tushgan murojaatlardan shartnoma asosida jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun 150 million so’m mablag’ “Maxalla” xayriya jamoat fondi hisobidan shartnomada ko’rsatilgan manzillarga o’tkazib berildi.

Bular uchun homiylarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bunaqa ezgu, savobli ishlar tumanimizda davom ettirib kelinmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram